Yangiliklar

Yangiliklar

“Yor-Yor” — Lola Animation loyihasi

“Yor-Yor” — Lola Animation loyihasi

“Yor-Yor” — Lola Animation loyihasi

2025-11-03

Green Fern
Green Fern
Green Fern
Green Fern

Yor-Yor Lola Animationning 2D animatsiyalar ko‘rinishidagi oilaviy mavzularga bag‘ishlangan loyihasi hisoblanadi.

“Yor-Yor” loyihasining maqsadi — o‘zbek oilalaridagi hayotiy hikoyalarni zamonaviy ko‘rinishda tomoshabinga yetkazish. Loyiha orqali oila qadri, insoniy munosabatlar va hayotning sodda, ammo samimiy daqiqalarini yanada yaqinroq his etish mumkin bo‘ladi.

Bu loyiha nafaqat kuldiradi, balki har bir tomoshabinni o‘z hayotidagi voqealarni eslashga undaydi.

“Yor-Yor”  loyihasining missiyasi– o‘zbek oilalarini birlashtiruvchi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylab, yangi avlodga zamonaviy shaklda yetkazuvchi kontent yaratishdir. Bejizga loyiha nomi ham nostalgik tonda “Yor-Yor” deb nomlanmagan.

Loyiha tomoshabinga yetib kelgunga qadar bir qator bosqichlardan o‘tadi: ssenariy yozish, eskizlarni tayyorlash, ularni raskirovka qilish, animatsiya, ovovlashtirish va ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashish. Bu bosqichlarda asosan Lola Animationning production va marketing jamoalari ishtirok etadilar.

Bugungi kunda ushbu loyihamiz muvaffaqiyati kundan kunga raqamlarda oshib bormoqda. Bunga esa kontentlarimizni tomoshabinlarimiz uchun yengilligi va hazilomuz janrda ekani desak xato bo‘lmaydi.

Shu o‘rinda ushbu loyihamiz orqali bizni kuzatuvchilar va hamkorlik qilishni istovchilar uchun ham bir qancha imkoniyatlarimiz bor. Hamkorlik masalasida, “Yor-Yor’ loyihamiz orqali o‘z mahsulot yoki xizmatlarini odamlarga yetkazmoqchi bo‘lgan qadriyatli brendlarga yordam berishga doim qiziqish bildirganmiz. 

Narxlar va shakllar sizning brendingizdan kelib chiqib, unikal tarzda belgilanadi. Biz loyihamiz orqali mahsulotingizni storis va reel ko‘rinishida(mahsulotni biror qismga kiritish yoki mahsulot haqida alohida rolik yaratish) tanilishida ko‘mak bera olamiz. Agar sizda hamkorlik masalasidan yoki har qanday loyihalarimiz haqida savollar paydo bo‘lsa, bizning Telegram hisobimizga murojaat qilishingizni so‘rab qolamiz: https://t.me/lolaanimation_stuio


Oxirgi maqolalar

Oxirgi maqolalar