Multfilm

Multfilm

Disney kompaniyasi vitse-prezidenti Hayma Washington studiyamizga tashrif buyurdi

Disney kompaniyasi vitse-prezidenti Hayma Washington studiyamizga tashrif buyurdi

Disney kompaniyasi vitse-prezidenti Hayma Washington studiyamizga tashrif buyurdi

2025-12-31

Hayma Vashington tashabbusi bilan “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” multfilmi ijodkorlari ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida animatsion qahramonlarning ko‘rinishi, xarakteri va o‘ziga xosliklari, yosh ijodkorlarning g‘oyalari va kelajak rejalari, shuningdek, xalqaro tajribaga tayangan ijodiy yondashuvlar muhokama qilindi.

Hayma Vashington ijodkorlarning savollariga javob berar ekan, “Sehrlandiya” loyihasining xalqaro darajadagi salohiyatini alohida ta’kidladi:

— Siz hozir menga “Yuqori darajaga chiqish uchun nima qilish kerak?” degan savolni beryapsiz. Ammo ishoning, siz yaratgan “Sehrlandiya”ning o‘ziyoq sizlarni yuqori darajaga olib chiqqan.

Ijodiy uchrashuv iliq muhit, samimiy suhbatlar va yangi g‘oyalarga boy bo‘lib o‘tdi.

Oxirgi maqolalar

Oxirgi maqolalar