Multfilm

Multfilm

“Sehrlandiya” endi kinoteatrlarda!

“Sehrlandiya” endi kinoteatrlarda!

“Sehrlandiya” endi kinoteatrlarda!

2025-12-30

Mazkur loyiha bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramay, undagi mazmun va syujet butunlay oilaviy tomosha uchun ham mos.

Endilikda, siz multfilmni:
• O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi;
• Cinematica City Mall;
• Riviera Cinema;
• Parus Cinema
kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.

Namoyish maydonlarini tanlash jarayonida film ijodkorlari texnik sifat masalasiga alohida e’tibor qaratishdi. Chunki “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” tomoshabinga faqat voqealar ketma-ketligini emas, balki to‘liq hissiy tajribani taqdim etishni maqsad qilgan. Shu bois multfilm Dolby Digital ovoz tizimi va yuqori aniqlikdagi tasvirni to‘liq ta’minlay oladigan kinoteatrlarda namoyishga chiqarildi. Yuqori sifatli ovoz va vizual effektlar orqali multfilm qahramonlari yanada jonli, sahnalar esa tomoshabin uchun yanada ta’sirchan ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.

“Sehrlandiya” yangi yil kunlarida tomoshabinlarga taqdim etilayotgan eng muhim animatsion loyihalardan biri bo‘lib, bayram kayfiyatini his qilish, oila davrasida mazmunli hordiq chiqarish uchun a’lo imkoniyat yaratadi.

Loyihaga oid yangiliklar va qo‘shimcha ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin




Oxirgi maqolalar

Oxirgi maqolalar