2025-12-20
“Sehrlandiya” — O‘zbekiston animatsiyasi tarixida ilk to‘liq metrajli 3D formatda ishlab chiqilgan multfilm. Loyiha Bolalar kontentini rivojlantirish markazi buyurtmasi asosida “Lola Animation” studiyasi tomonidan amalga oshirildi.
“Sehrlandiya: Qahramonlik missiyasi” ustida ish boshlanishidan avval 6–12 yoshli 500ta bola o’rtasida maxsus tahlillar va kuzatuvlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bolalarning aksariyati xato qilmaydigan,ideal qahramonlarga o‘xshashni istashadi. Bir qarashda bu ijobiydek tuyulishi mumkin, ammo mutaxassislar fikricha, bunday obrazlar bolada o‘ziga nisbatan ortiqcha talab va ichki bosim paydo qilish xavfini oshiradi. Shu sababli “Sehrlandiya” loyihasida mutlaqo boshqa yondashuv tanlandi. Biz bolalarga har bir bola qahramon bo‘la oladi, degan fikrni yetkazishni maqsad qildik. Aynan shu tahlillar “Sehrlandiya” yondashuvini belgilab berdi.
Loyiha ssenariysi 5 ta ssenarist ishtirokida 6 oy davomida yozilgan. Ssenariy yozib bo’lingach, personajlarni tayyorlash jarayoni ham boshlandi. “Sehrlandiya” uchun mos dastlab 200 dan ortiq personaj chizmalari tayyorlandi. Ulardan loyihaga moslari tanlab olinib, qayta ishlandi. Asosiy qahramonlardan tashqari 50+ massovka personajlar chizildi.

Loyiha uchun tayyorlangan 3D modellar:
75 ta personaj modeli asosiy va ikkinchi darajali qahramonlar uchun
35 ta props modeli — transport vositalari, kundalik buyumlar va maxsus aksessuarlar
620 ta lokatsiya uchun props modellar
4 ta yirik lokatsiya modeli — to‘liq 3D formatda yaratilgan asosiy sahna joylari
Sahnalashtirish
Film hikoyasi vizual jihatdan ham puxta rejalashtirildi:
1500+ raskadrovka kadr tayyorlandi
50 dan ortiq sahna yakuniy renderdan o‘tkazildi
Bu jarayonlarda jamoaviy ishlash muhim rol o‘ynadi — har bir sahna rejissyor, layout mutaxassisi va raskadirovka rassomi nigohidan o‘tdi va takomillashtirildi.
730 tadan ortiq sahnada render va VFX ishlari bajarildi.
Har bir sahna alohida texnik yondashuvni talab qildi: yorug‘lik, rang muvozanati, effektlar va umumiy kayfiyat bir butun ishlashi uchun sahnalar bosqichma-bosqich qayta ko‘rib chiqildi. Film davomiyligi 1 soat 33 daqiqani tashkil qiladi.
Personajlar harakati tabiiy va jonli chiqishi uchun mavjud modellarga qo‘shimcha ravishda 45 ta rig tizimi ishlab chiqildi. Bu riglar qahramonlarning hissiyotlari, yuz mimikasi va jismoniy harakatlarini bolalarga ishonarli tarzda yetkazish imkonini berdi.
Loyihamiz faqat ekran bilan cheklanib qolmadi. “Sehrlandiya” atrofida to‘liq bir olam shakllantirildi:
Maxsus o‘yinchoqlar, bolalar kitoblari, breloklar va boshqa qiziqarli mahsulotlar tayyorlandi.
Film asosida maxsus o‘yin (game) ishlab chiqildi
PR doirasida 11 nafar bloger bilan hamkorlik qilindi
4 ta LED ekran orqali tashqi reklama joylashtirildi
Film ishlab chiqarish jarayonida 150 dan ortiq mahalliy va xalqaro mutaxassislar ishtirok etdi:
Boshqaruv va ijodiy rahbariyat
Bosh prodyuser: Rahimjonov Azimjon
Film badiiy rahbari: Jahongir Ahmedov
G‘oya muallifi va rejissor: Rahimjonov Azimjon
Prodyuser: Yo‘ldoshev Zafar
Ssenariy guruhi
Ssenariy muallifi: Rahimjonov Azimjon
Ssenaristlar: Fahriddinov Sardor Turobxo‘jayev Jasur Dalabaeva Muxlisa Nosirova Mohinur Rahimjonov Azimjon
PERSONAJLAR BOʻYICHA BOSH RASSOM
Shohsanam Quryozova
MUHIT BOʻYICHA BOSH RASSOM
Elyor Raxmatullayev
SAHNALASHTIRUVCHI RASSOMLAR
Shuhrat Asayev
Elyor Raxmatullayev
Storyboard rassom
Elyor Raxmatullayev
Rassomlar
Sayyora Alijonova
MODELLING VA TEKSTURA BOʻLIMI RAHBARI
Shuhrat Asayev
3D MODELLING VA TEKSTURA BOʻYICHA BOSH MUTAXASSISLAR
Sirojiddin Yoʻldoshev
Abdulaziz Abdusattorov
Firdavs Obloqulov
Mavluda Omonqulova
3D MODELLING MUTAXASSISI
Xadicha Abduqahhorova
Bahrom Maxamadov
Asliddin Sadriddinov
POSTANOVKACHI OPERATORLAR
Azimjon Rahimjonov
Elyor Raxmatullayev
Muhammadmuso Yoʻldoshev
LAYOUT BOʻLIMI RAHBARI
Muhammadmuso Yoʻldoshev
LAYOUT MUTAXASSISLARI
Muhammadmuso Yoʻldoshev
Husanjon Rajabbayev
Gʻayrat Nurniyazov
Mardumar Islomov
BOSH RIGGER
Egamberdi Egamberdiyev
RIGGERLAR
Bahrom Yoqubov
Xadicha Abduqahhorova
Karen Ghukasyan
Bahrom Maxamadov
ANIMATSIYA BOʻYICHA SUPERVAYZER VA BOʻLIM RAHBARI
Ilhom Karimov
BOSH ANIMATORLAR
Ilhom Karimov
Javohir Qoʻchqorov
Jaloliddin Parpiyev
Abdurahmon Muzaffarov
Husanjon Rajabbayev
Ibrohim Tillashayxov
Sardor Tohirov
Oyatillo Arabov
Bunyodjon Yusupov
Mirshod Fayzulloyev
Muhammad Ortiqov
Shohruh Rahmatullayev
3D ANIMATORLAR
Ikromov Akbar
Saidmurod Salimov
Azizbek Hamroyev
Izzat Raimayev
Hamidjon Abdulhamidov
Umidjon Ismoilov
Abdulqosim Naimov
Farrux Ergashev
Jaloliddin Tilovmurodov
Ulugʻbek Inomov
Asliddin Qurbonov
Baxtiyor Xayitov
Nurbek Rahimberdiyev
Dilmurod Abduvahidov
Abdulhamid Jo'rayev
XALQARO ANIMATSIYA BOʻLIMI
PRODAKSHN RAHBARLARI
Rex Antony
Ramesh Chandrasekaran
3D ANIMATORLAR
Prathik Gopinath
Gopal Krishna Sharma
Anamika Kundu
Sivasankaran
Namneesh
Swati Sonar
Ratheesh Parapurath
Swaroop KM
Arun Vijayan
Venkata Subramanya Gandhi
Nidatavolu Santosh Kumar
Simhadri Kiran
Addepalli Sai Santhosh
Rayudu Subramanyam
2D ANIMATORLAR
Husan Jumanov
Shuhrat Niyozov
Omonboyeva Kamola
Ergasheva Mavluda
Generalist
Sherzod Qodirov
RENDER VA LIGHTING ARTISTLAR
Sherzod Qodirov
Azimjon Rahimjonov
Sherzod Qodirov
Bobur Tojiboyev
Nurserik Jandarbay
Egamberdi Egamberdiyev
Husanjon Rajabbayev
VFX bo`lim rahbari
Sherzod Qodirov
FX MUTAXASSISLARI
Sherzod Qodirov
Amirulloh Murodov
Gʻolibjon Sanoqulov
Muhammadjon Nematov
Abdulaziz Jo’rayev
Doniyor Norqulov
MARKETING BOʻLIMI RAHBARI
Aziza Zuparova
Marketing jamoasi
Xabiba Xosilova
Sevara Saydahmatova
Abdurahmon Yoqubov
Kamola Kamilova
Lola Animation adminstratsiyasi
Ali Zairov
Azizullo Adhamjonov
Shamuxamedov Shoxrux
Oxunjon Yoqubov
Soatov Ziyoxiddin
Muhammadqodir Abdug’aniyev
PR MARKETING menejeri
Alisher Uzoqov
Colorist CSI
Shaxriyor Ismoilov
OVOZLASHTIRISH REJISSYORLARI
Asrorxoʻja Sadirdinov
Nuriddin Zokirov
Bastakorlar:
Sherzod Mardiyev
Abror Abdurazzoqov
Audio dasturiy taʼminot:
Jasur Gʻaybullayev
Ovoz boʻyicha bosh supervayzer va bosh kompozitor:
Sherzod Mardiyev
OVOZLASHTIRISH STUDIOSI
Uzakov Production
XALQARO OVOZLASHTIRISH STUDIOSI
Jam8 Studio (Hindiston)
JAM8 STUDIO — OVOZ POST-PRODAKSHN
Amaliy ishlar rahbari — Tanvi Dhiraj Maru
Sound dizayner — Hemaksh Kalsi
Qayta yozish mikseri — Sujit Shingare
Sound muharrirlari — Gandhar Gaikwad, Aryan Sharma, Prince John Carelet
Liniyaviy prodyuser — Saif S. Siddiqui
Texnik qoʻllab-quvvatlash — Nitin Upadhyay, Aryan Sharma
Foley muharriri va foley ijrochisi — Dipesh Patel
Foley ijrochilari — Arun Singh, Vijay Das
Dublyaj aktyorlari
Temur — Ulug‘bek Shodibekov
Jaloliddin — Abdurahim Abdukarimov
Bobur — Jahongir Xo‘jayev
Ulug‘bek — Badriddin Husniddinov
Bobo — Sobirjon Rahimjonov
Zamon — Behzod Muhammadkarimov
Ola Buji — Boir Xolmirzayev
Buji — Alisher Uzoqov
Xolboy — Fazliddin Tulkunov
Bibi — Shahzoda Muhammedova
Minnatdorchilik
Filmni ishlab chiqarish jarayonida beminnat yordam ko‘rsatgan Bolalar kontentini rivojlantirish markazi, Najot Ta’lim markazi, Uzakov Production studiyasi hamda loyiha ustida mehnat qilgan barcha xodimlarga chuqur minnatdorchilik bildiriladi.
Premyera
“Sehrlandiya” multfilmining rasmiy premyerasi 25-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Film shu kundan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab barcha kinoteatrlarda namoyish etiladi.
“Sehrlandiya” — O‘zbekistondagi ilk to‘liq metrajli 3D animatsion film va yangi yilning asosiy oilaviy tomoshasi. Bu ishlarning barchasi “Sehrlandiya” bolalar uchun sevimli multfilm bo’lishiga xizmat qildi. “Sehrlandiya: Qahramonlik missiyasi” — bu bolalarni tushunishdan boshlangan loyiha. Haqiqiy bahoni tomoshabinlar berishadi.




